Ikki mamlakat transport vazirligi mutasaddi vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda avtomobil transportida xalqaro tashuvlarni rivojlanish, ushbu jarayonda milliy tashuvchilarga qulay sharoitlarni yaratish masalalari muhokama etildi.
Yigʻilishda tomonlar mamlakatlarimiz oʻrtasida xalqaro avtomobil tashuvlarining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuvda har ikki tomon vakillari xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini alohida taʼkidlab oʻtishdi. Shu munosabat bilan tomonlar 2025-yilga moʻljallangan ruxsatnoma blankalarini 2 barobarga koʻpaytirishga kelishib oldilar.
Shuningdek, tomonlar yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar oʻrtasida ruxsatnoma blankalarini elektron “E-Permit” ayirboshlash tizimi joriy etishni bilan bogʻliq jihatlarni muhokama etishdi.








