Bu haqda “Oʻzbekiston aeroportlari” AJ xabar qildi.
Qayd etilishicha, umumiy ogʻirligi 37 tonnani tashkil etgan jonli yuklar Qirgʻizistonning “KAP KG” ixtisoslashtirilgan yuk aviakompaniyasi tomonidan olib kelingan.
Rejaga koʻra, oktyabr oyi oxirigacha 60 ta parvoz amalga oshirilib, 50 ming bosh mayda qoramol yetkazib beriladi. Yil oxirigacha umumiy koʻrsatkichni 100 ming boshga yetkazish uchun noyabr va dekabr oylarida ham xuddi shunday hajmdagi yuk tashish rejalashtirilgan.
Qaytish doirasida Oʻzbekiston meva-sabzavotlarini Moʻgʻulistonga 123 ta havo yuk parvozlarida yetkazish rejalashtirilgan. Barcha parvozlar Navoiy xalqaro aeroporti orqali amalga oshiriladi.








