Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.
Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushish marosimidan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.