TIV maʼlumotiga koʻra, tomonlar delegatsiyalariga Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bobur Usmanov va Moʻgʻuliston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Amartuvshin Gombosuren boshchilik qildi.
Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirishga, shuningdek, Moʻgʻuliston Prezidentining joriy yil iyun oyida Oʻzbekistonga davlat tashrifiga alohida eʼtibor qaratildi.
Moʻgʻuliston tomoni Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi va qonunchilik sohasini takomillashtirish, milliy iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholadi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni mustahkamlash uchun mavjud salmoqli salohiyatni roʻyobga chiqarishdan oʻzaro manfaatdorlik tasdiqlandi.
Madaniy-gumanitar va turistik almashinuvlarini faollashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.