Mo'g'ulistonda viloyat avtomobillari uchun poytaxtda yurish pulli bo'ladi

    Mo'g'uliston mamlakat hududlaridan kelgan avtomobillarning Ulan-Bator ko'chalarida harakatlanishi uchun to'lov joriy qiladi.

    Mo'g'uliston hududlaridan poytaxtga kirib kelib, uning hududida harakatlanadigan shaxsiy avtomobillar uchun 2024-yil 1-sentabrdan boshlab to'lov undiriladi, bu esa tirbandlikni 5 foizga kamaytirishga yordam beradi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.

    “Hududiy davlat raqami bo'lgan transport vositasiga ega bo'lgan fuqarolar 2024-yil 1-sentabrdan boshlab Ulan-Batorda avtomobilda harakatlanish uchun boj to'lashlari kerak. Poytaxtda 48 soat bo'lish uchun to'lov 1 ming tugrikni (taxminan 0,28 dollar) tashkil qiladi. Agar fuqaro shaharda 2 kundan ortiq qolib ketsa, u kuniga 5 ming tugrik (taxminan 1,6 dollar) to'laydi”, deya ogohlantirdi poytaxt hokimiyati.

    Ular Ulan-Batorda uzoq vaqtdan beri muammo bo'lib kelgan yo'l tirbandligini kamaytirish uchun shunday qarorga kelishdi. Uning yo'llarida har kuni viloyatlardan o'rtacha 16 mingdan 19 minggacha avtomobil harakatlanadi. Bayram kunlari bunday mashinalar soni 38 mingtaga ko'payadi.

    Shahar ma'muriyatining hisob-kitoblariga ko'ra, ularni yo'l haqi hisobiga kamaytirish shahardagi tirbandlikni 5 foizga kamaytirishi mumkin. Bu to'lovlar poytaxt yo'l jamg'armasiga tushadi va yo'llarni saqlash va ta'mirlashga yo'naltiriladi. 2023-yilning kuzida Ulan-Bator meri Xishgeegiyn Nyambaatar tirbandliklarga qarshi kurashish uchun yengil avtomobillarni import qilishni va poytaxtda yangi davlat raqamlarini berishni cheklashni taklif qildi, deb xabar beradi tass.ru.