Mohir sarkarda Bahodir Yalangtoʻsh haqida film suratga olinadi

    Madaniyat 16 May 2022 3570

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Bahodir Yalangtoʻsh xotirasini abadiylashtirish boʻyicha bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan mohir sarkarda haqida tarixiy-badiiy film suratga olinadi.

    Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

    Film Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Ezgu film studiyasi tomonidan Jahongir Ahmedov rejissyorligida yaratiladi. Kinokartinada buyuk sarkarda, Registon majmuasi bunyodkori, Samarqandga hokimlik qilgan sarkarda Bahodir Yalangtoʻshning hayot yoʻli va faoliyati hikoya qilinadi.

    Hozirda aktyorlar bilan foto va video kasting jarayonlari oʻtkazilmoqda.