Moldova bundan buyon MDHga a'zolik badallarini to'lamaydi

    Moldova MDHga a'zolik badallarini to'lashni to'xtatmoqda. Bu tashkilotdan chiqish yo'lidagi navbatdagi qadam bo'ladi.

    Moldova hukumati Mustaqil davlatlar hamdo'stligini (MDH) mamlakat yillik a'zolik badallarini to'laydigan tashkilotlar ro'yxatidan chiqarib tashlaydi.

    Moldova moliya vaziri Petru Rotaru tomonidan imzolangan qaror loyihasiga ko'ra, Moldova 2023-yilda xalqaro tashkilotlarga a'zolik badallari to'lash uchun ajratiladigan mablag' 16 million leyga – 66,5 milliondan 50,5 million leyga kamaytirildi.

    Ko'rsatkichning pasayishi, asosan, Moldova bundan buyon MDH Parlamentlararo assambleyasi va hamdo'stlikning yettita tashkilotida ishtirok etish uchun to'lovlarni to'lamasligi bilan bog'liq.

    So'nggi to'rt yil davomida MDH doirasida davlat byudjetidan qariyb 35 million ley a'zolik badallari o'tkazildi, deb xabar beradi korrespondent.net.