Moldova prezidenti Yevropa Ittifoqiga kirish bo'yicha muzokaralarni boshlash to'g'risidagi farmonni imzoladi

    Moldova prezidenti Mayya Sandu respublikaning Yevropa Ittifoqiga qo'shilishi bo'yicha 25 iyun kuni Lyuksemburgda boshlanadigan muzokaralarni boshlash to'g'risidagi farmonni imzoladi.

    Bu haqda prezident matbuot xizmati ma'lum qildi, deb xabar beradi report.az.

    “Davlat rahbari Yevropa Ittifoqiga qo'shilish bo'yicha muzokaralarni boshlash va Yevropa integratsiyasi bo'yicha bosh vazir o'rinbosari Kristina Gerasimovni Moldova Respublikasi bo'yicha bosh muzokarachi etib tayinlash to'g'risidagi farmonni imzoladi”, deyiladi xabarda.