“Bir yarim yil Bosh vazir lavozimida ishlaganimdan so'ng, iste'foga chiqishim haqida e'lon qilish vaqti keldi”, dedi Gavrilitsa brifingda va o'z qarori sabablarini aytishdan bosh tortdi.
U o'z nutqida hukumatning korrupsiyaga qarshi kurashish, Yevropa integratsiyasi, adliya tizimini isloh qilish, energetika inqirozi va mintaqadagi murakkab vaziyatga qarshi kurashish sohasidagi yutuqlariga to'xtaldi.
Moldova Prezidenti Mayya Sandu Bosh vazir Gavrilitsa boshchiligidagi mamlakat hukumati iste'fosini qabul qildi.
“Men Bosh vazir Natalya Gavrilitsaning iste'fosini qabul qildim. Yuridik tartib-taomillardan kelib chiqqan holda, Bosh vazir iste'foga chiqqanidan so'ng parlament fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o'tkazaman, so'ngra Bosh vazirlikka nomzod ko'rsataman”, deb yozdi Sandu Facebookdagi sahifasida.
Natalya Gavrilitsa boshchiligidagi hukumat 2021-yil avgust oyida muddatidan oldin saylovlarda g'alaba qozongan yevropaparast Harakat va birdamlik partiyasi tomonidan tuzilgan edi, deyiladi tass.ru saytida.