Moldovada Rossiya gazi tufayli favqulodda holat e'lon qilinadi

    Moldova parlamenti deputatlarining yarmidan ko'pi Rossiya gazining Ukraina orqali yetkazib berilishi to'xtatilishi munosabati bilan mamlakatda favqulodda holat joriy etilishini qo'llab-quvvatladi.

    Bunday qaror 13-dekabr, juma kuni kechasi mamlakat parlamenti tomonidan qabul qilindi. Uni 101 deputatdan 56 nafari qo'llab-quvvatladi.

    Moldovada 16-dekabrdan 60 kunlik favqulodda holat joriy etiladi. 2025-yil 1-yanvarda Rossiyadan gazning mamlakatga kelishi to'xtashi kutilmoqda.

    Kishinyov Rossiya gazini Ukraina orqali tranzit vositasida oladi, uning vakillari mamlakat “Gazprom” bilan Rossiya Federatsiyasidan gaz tranziti bo'yicha shartnomani uzaytirmoqchi emasligini bir necha bor aytishgan. Amaldagi shartnoma muddati 2024-yil 31-dekabrda tugaydi.

    Bundan tashqari, Rossiya nefti ham Ukraina orqali Yevropa Ittifoqiga Drujba neft quvuri orqali yetkazib beriladi. Ukrainaning “Ukrtransafta” kompaniyasi va Rossiyaning “Transneft`” kompaniyasi o'rtasidagi shartnoma 2029-yilgacha amal qiladi, deb xabar beradi dw.com.