Qarorga koʻra, jamiyat va iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega tadbirkorlarga nisbatan Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar huquqiy maqomi joriy qilinadi.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish boʻyicha respublika komissiyasi tuziladi.

Faoliyat turi va aktivlari miqdori tufayli yuqori ijtimoiy va iqtisodiy taʼsirga, keng doiradagi manfaatdor tomonlarga ega boʻlish mezonlariga javob beradigan tadbirkorlar Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasiga kiritiladi.

Belgilangan mezonlarga javob beradigan tadbirkorlar har yili 1-iyulgacha Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestriga kiritiladi. 2026-yil 1-yanvardan Reyestr Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan elektron shaklda yuritiladi va har yili 1-iyulgacha Hukumat portali yagona platformasi hamda Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtiriladi.