Moliyaviy isteʼmol kreditini berish tartibi takomillashtiriladi

    Ijtimoiy hayot 11 Aprel 2023 2954

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–828, 10.04.2023-y.) bilan “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartish kiritildi.

    Kiritilgan oʻzgartishga koʻra:

    Moliyaviy isteʼmol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) isteʼmolchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin.

    Moliyaviy isteʼmol krediti berish isteʼmol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchi subyektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvaragʻiga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablagʻlari oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

    Moliyaviy isteʼmol kreditining naqd pulda berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

    Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.