Tekshiruvda maʼlum boʻlishicha, fuqarolar Yu.M., Sh.I. va boshqalar 2022-yilning mart oyida “Gift Of Legacy” nomli oʻyinni “Instagram” kanali orqali tashkilotchilar koʻrsatib oʻtgan plastik kartasiga kamida 200 ming soʻm yoki 50 AQSH dollari miqdoridagi mablagʻni oʻtkazib berishsa qisqa muddatda ushbu mablagʻni 7–8 barobarga koʻpaytirib olishlari haqida reklama qiladi.
Shuningdek, “Telegram” kanalida ham “200 ming soʻmlik va 50 AQSH dollarlik onlayn gap” nomli guruhni tashkil etishadi. Oʻyin ishtirokchilarining 692,3 mln soʻmini oʻzlari va tanishlarining plastik kartalarga oʻtkazib olishga erishib, pul mablagʻlarining bir qismini keyingi ishtirokchilar hisobidan dastlabki ishtirokchilar hisobiga oʻtkazib berganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi (pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.