Shundan, 14 tasi xoʻjalik yuirtuvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish yuzasidan boʻlib, 50 tasi ustav fondidagi (kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir murojaatlar hisoblanadi. Ushbu murojaatlarning 18 tasi xorijiy investorlarga tegishli.
Shu bilan bir qatorda “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilganligi uchun, yaʼni xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidan ulush olishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan amalga oshirilgan bitim sababli 2 ta xoʻjalik subyektiga nisbatan ish qoʻzgʻatilib koʻrsatma berildi.
Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida kelib tushgan barcha murojaatlar chuqur tahlil qilinib, Qoʻmita tomonidan jami
1 013 mlrd. soʻmlik bitimlarga oldindan rozilik berildi, shundan 47,3 foiz, yaʼni 479 mlrd. soʻmlik bitimlar xorijiy investorlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Xorijiy investorlar tomonidan asosan toʻqimachilik, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, elektrotexnika, qurilish,
oziq-ovqat va shu kabi sohalarga toʻgʻridan-toʻgʻri mablagʻlar va zamonaviy texnologiyalar koʻrinishida investitsiyalar kiritilishi koʻzda tutilgan.
Misol tariqasida olib koʻradigan boʻlsak, ushbu davr mobaynida quyidagi bir nechta yirik bitimlarni tuzishga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi berildi:
– TOO “Motornaya kompaniya “Astana-Motors” (Qozogʻiston) tomonidan “HYUNDAI AUTO ASIA” MCHJ QKning ustav fondidagi 70 foiz ulushini olishiga.
“Astana-Motors” kompaniyasining asosiy faoliyati avtomobillar realizatsiyasi va ularga texnik xizmat koʻrsatish hisoblanadi.
– “ANGLESEY INVESTMENTS PTE. LTD.” kompaniyasi (Singapur) tomonidan “ANGLESEY FOOD” MCHJ XKning ustav fondidagi 100 foiz ulushini olish.
“ANGLESEY FOOD” MCHJ XKning faoliyat turi ixtisoslashgan doʻkonlarda boshqa yangi tovarlar chakana savdosi hisoblanadi.
– AGROMIR BUKHARA” MCHJ QK va “AGROMIR CHUST” MCHJ QKni “AGROMIR” MCHJ QKga qoʻshib yuborish.
Ayni bir taʼsischilarga ega boʻlgan, “Agromir” kompaniyalar guruhiga kiruvchi Buxoro, Namangan va Samarqand viloyatlarida joylashgan ushbu korxonalarning faoliyat turi meva va sabzavot sharbatlarini ishlab chiqarish hisoblanadi.