Tahlil natijalariga koʻra, joriy yil aprel oyi davomida birja savdolariga 40 ta paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan texnik chigit savdolarga qoʻyilgani hamda qoʻyilayotgan texnik chigitning boshlangʻich narxlari aprel oyida oʻrtacha 38 foizga koʻtarilgani aniqlangan.

Maʼlum qilinishicha, oʻsimlik yogʻi narxining oshishiga asosan kungaboqar urugʻlari ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi bilan bogʻliq tashqi muhit taʼsir koʻrsatmoqda.

“Ammo, ayrim paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotchilari vaziyatdan foydalangan holda, paxta chigiti narxini asossiz oshirishdi, bu esa oʻz taʼsirini paxta yogʻining narxiga ham koʻrsatdi”, deyiladi xabarda.

Bunda, birja savdolarida texnik chigitning boshlangʻich narxlarini kelishib sunʼiy oshirish va raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishi alomatlari yuzasidan 34 ta paxta-toʻqimachilik klasterlariga nisbatan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan ish qoʻzgʻatilgan.