Ushbu marosimda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy, iqtisod fanlari nomzodi, dunyoning bir nechta nufuzli universitetlari faxriy doktori, metsenat Salim Abduvaliyev ham ishtirok etdi.

Quvonarlisi, Salim Kirgizbayevich 1888-yilda asos solingan, 2005-yildan qayta yoʻlga qoʻyilgan Lyudvig Nobel premiyasining 2022-yilgi mukofotiga munosib koʻrildi, deya xabar bermoqda Oʻzbekiston sport kurashlari assoitsiatsiyasi matbuot xizmati.

Bu mukofot laureatlarga insoniyat oldidagi ulkan ishlari, professionalizm, oʻz sohasida erishgan yutuqlari uchun taqdim etiladi.