Uchrashuvda turizm masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik istiqbollari, sayyohlarning o‘zaro oqimini ko‘paytirish imkoniyatlari, sifatli sayyohlik xizmatlarini ko‘rsatish, madaniyatlararo hamkorlikni kengaytirish, ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari shuningdek, O‘zbekiston va Moskva sayyohlarining nimani afzal ko‘rishlari muhokama etildi.

Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti va Moskva shahar turizm qo‘mitasi o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik Memorandumining muhim qismi muhokama etildi.Tomonlar o‘zaro reklama almashish, Toshkent va Moskvadagi tashqi yuzalarga turistik potensiallar haqida ma'lumotlarni bepul joylashtirish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Tomonlar Toshkent va Moskva shaharlarida sayyohlik salohiyatini ochiq havoda bepul reklama qilish, o‘zaro targ‘ibot qilish bo‘yicha kelishib oldilar.

Shu tariqa, Moskva shahar turizm qo‘mitasi Madaniyat va turizm vazirligi vakillarini «Rossiya-Islom dunyosi» forumining biznes sessiyasida, Toshkent shahar turizmni rivojlantirish boshqarmasi esa qo‘mitani joriy yil avgust oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan gastronomik festivalda ishtirok etishga taklif qildi.

Ikkala tomon uchun ham katta MICE tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, bolalar, yoshlar va ta’lim turizmi orqali sayyohlik oqimlarini ko‘paytirish alohida qiziqish uyg‘otyapti, deb xabar beradi Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.

Moskva turizm sohasi vakillari har yili O‘zbekistonda o‘tkaziladigan turizm yarmarkasida ishtirok etishlari kutilyapti. Bu yil yarmarka noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadi.