Bu haqda Moskva birjasi matbuot xizmati xabariga tayanib, Lenta.ru xabar berdi.
“Oʻzbek soʻmi — Rossiya rubli” valyutalar juftligi spot bozorida “bugun” va “ertaga” hisobi bilan sotiladi. Shuningdek, savdo ishtirokchilari va ularning mijozlari uchun overnayt svop operatsiyalari mavjud boʻladi, — deyiladi Moskva birjasi saytida.
Qayd etilishicha, yangi valyuta juftligi professional bozor ishtirokchilari uchun savdo imkoniyatlarini kengaytiradi va milliy valyutalarda hisob-kitoblarni rivojlantiradi.