Poytaxt etakchisi barcha infratuzilma tayyorligi, Gamaleya institutidan yakuniy qaror kutilayotganini tushuntirdi. Moskva meri poytaxtda vaktsina sinovlarining uchinchi bosqichi uchun etarlicha ko'ngillilar bo'lishiga ishonadi. Ayni paytda emlash sinovlari uchun 5 ming nafardan ortiq kishi ro'yxatdan o'tgan.
Sergey Sobyanin shaxsan o'zi allaqachon koronavirusga qarshi emlanganini aytdi. U o'zini yaxshi his qilmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, hech qanday asorat sezilmagan, faqat grippga qarshi emlangandan keyin bo'lgani kabi engil bosh og'rig'i kuzatilgan.
Rossiya dunyoda birinchi bo'lib, 11 avgust kuni koronavirusga qarshi vaktsinani ro'yxatdan o'tkazdi, unga “Sputnik V” deb nom berildi. Preparat Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqildi va iyun`-iyul` oylarida klinik sinovdan o'tkazildi. Poytaxtda vaktsinaning 3 bosqich sinoviga 40 ming nafar ko'ngilli jalb etilishi rejalashtirilgan.