Mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan yoʻlga qoʻyilgan ushbu loyiha yurtimizda turizmni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni targʻib etish va sayyohlarni Oʻzbekistonga keng jalb etishga qaratilgan.
Oʻzbekistonning tarixiy shaharlari madaniy merosini targʻib qilish maqsadida diplomatik missiya va Moskva shahar meriyasi tomonidan ushbu videolavhalarni aholi gavjum joylarda namoyish etish masalasi ishlab chiqildi.
Loyiha Moskva shahar hukumatining reklama tarqatish masalalari boʻyicha idoralararo komissiyasi tomonidan maʼqullandi va tegishli qaror qabul qilindi. Unga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan taqdim etilgan videolavhalar Moskva shahridagi sakkizta yirik ekranlarda joriy dekabr oyi davomida 24 soat namoyish etiladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.