“Rossiya Federatsiyasi Prezidentining COVIDga qarshi vaksinalarni ishlab chiqishda hamkorlik qilishdan manfaatdor mamlakatlar uchun konferensiya tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifini kamsitishga urinmang. Amerikaliklarning hayotini saqlab qoling”, deyiladi bayonotda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH Davlat departamentining rasmiy vakili Morgan Ortagus Rossiya preparatining samaradorligi, ishonchliligi va xavfsizligiga shubha qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, vaksina klinik sinovlarining birinchi va ikkinchi bosqichi natijalari mustaqil ekspertlar tomonidan savol ostiga qoʻyilgan.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya rahbari Vladimir Putin BMT Bosh assambleyasidagi nutqi chogʻida koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina yaratishda hamkorlik qilishdan manfaatdor davlatlar ishtirokida onlayn konferensiya oʻtkazishni taklif qilgan edi.