Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi Konsullik boʻlimi maʼlumotlariga koʻra, yonib ketgan uyda 20 ga yaqin xorijliklar yashagan, ulardan 11 nafari Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan.

Yongʻin oqibatida 8 nafar kishi halok boʻlgan, hozirda ularning shaxsi aniqlanmoqda. Halok boʻlganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari ham bor. Yogʻin oqibatida vafot etganlarning shaxsini aniqlash uchun Istra shahar sud-tibbiyot ekspertizasi byurosi tomonidan oʻrganishlar olib borilmoqda.

Mazkur ish boʻyicha tergov organi tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi (ehtiyotsizlik oqibatida oʻlimga sabab boʻlish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Vaziyat elchixonaning Konsullik boʻlimi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi nazoratida ostida.