Joriy yil 4-8-avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida boʻlib oʻtgan Ot sporti boʻyicha Xalqaro musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Milliy gvardiya ot sporti boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi sportchi chavandozlari ishtirok etdi.

Mazkur musobaqada 11 ta davlatning yetakchi sportchilari oʻrtasida uch bosqichdan iborat murosasiz bellashuvlar boʻlib oʻtdi.
Yakuniy natijalarga koʻra:
Oʻzbekiston jamoasi 1-oʻrin;
Qirgʻiziston jamoasi 2-oʻrin;
Rossiya jamoasi 3-oʻrin;
Qozogʻiston jamoasi 4-oʻrin;
Belarus jamoasi 5-oʻrin.

Sportchilarimiz ikki yoʻnalishda: yakka tartibda va jamoaviy bahslarda qatnashib, toʻsiqlardan sakrash va ot yoʻrttirish boʻyicha 12 ta oltin, 18 ta kumush va 13 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Milliy gvardiya ot sporti boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi sportchi chavandozlari Zokirjon Toʻrajonov balandligi 120 santimetr, Saidamirxon Turgʻunboyev 130 santimetr va Umidjon Kamilovlar 140-150 santimetr boʻlgan yoʻnalishda 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, Baxromjon Gaziyev, Umidjon Kamilov, Oqiljon Sobirjonov va Azam Tolibboyevlar ushbu nufuzli musobaqaning soʻzsiz yetakchilariga aylanib, 2021-yilning sentyabr oyida Ispaniya poytaxti Barselona shahrida boʻlib oʻtadigan Xalqaro musobaqaning final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston rsepublikasi Milliy gvardiya matbuot xizmati.