Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Gorovoy maʼlum qilgan.
Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda Rossiya IIV Moskvadagi qurilish obyektlari va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasiga Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish boʻyicha poytaxt hukumatining tegishli idoralari bilan ishlamoqda.
Shu bilan birga, mehnat migrantlarining joylashuvi va COVID-19 boʻyicha cheklovlarga rioya qilinishi nazorat qilinadi.
HeadHunter kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, qurilish sohasida oʻrtacha oylik ish haqi Moskvada 64 000 rublni, boshqa hududlarda esa 58 900 rublni tashkil etadi. Mamlakatda slesar mutaxassisiga talab eng yuqori hisoblanadi.