15-iyundan 19-iyungacha boʻlgan davr ish haqi saqlangan holda ishdan holi kunlar deb eʼlon qilindi. Ushbu muddatda tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun dam olish kunlardagidek ish tartibi joriy etiladi.
Shunday qilib, Moskvada “uzaytirilgan dam olish kunlari” toʻqqiz kun davom etadi — 12-iyundan 20-iyungacha.
Shuningdek, 13-iyundan 23-iyungacha hayvonot bogʻlarining, fudkortlarning, bolalar oʻyin xonalarining faoliyati vaqtincha toʻxtatiladi. Bar, kafe va tungi klublar mazkur davrda koʻngil ochar tadbirlarini oʻtkaza olmaydi, hamda soat 23:00dan 06:00gacha keluvchilarni qabul qila olmaydi (buyurtma qabul qilish va yetkazib berishga ruxsat).
Yaqinda poytaxtda 6 701ta COVID-19 holati aniqlandi. Bir kun avval tezkor shtab yanvar oyidan beri eng koʻp koʻrsatkichni roʻyxatga olgandi, deb xabar beradi RIA Novosti.