Moskva va Moskva viloyatida noqulay ob-havo sharoiti hukm surmoqda. Moskva viloyati gubernatori Vorobevning aytishicha, Moskva shahri va Moskva viloyatida qor yog'ishi bilan bog'liq so'nggi 40 yil ichida eng kuchli yog'ingarchilik qayd etildi.
Samolyot va poyezd reyslari sezilarli darajada kechiktirildi, ayrim reyslar esa butunlay bekor qilindi.
Ayni paytda, Rossiya gidrometeorologiya markazi bu hafta Moskva viloyatida haqiqiy yanvar sovug'i haqida ogohlantirmoqda – ular havo harorati -15 ° S gacha bo'lishini taxmin qilmoqda.
Moskvada kuchli qor yog'ishi sababli taksilar narxi oshib ketdi, deb xabar beradi korrespondent.net.