Azimut aviakompaniyasining Moskva-Urganch yoʻnalishida AZO-7059 reysini amalga oshirayotgan SSJ-100 samolyoti Samara shahrida favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi. Bunga yoʻlovchining sogʻligʻining yomonlashgani sabab boʻlgan, deya xabar bermoqda «Oʻzbekiston aeroportlari» aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati.

Jadvalga koʻra, samolyot Urganch xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 07:35 da qoʻnishi kerak edi. Majburiy qoʻnish sababli parvoz kechiktirilmoqda.

Xususuan, Urganch aeroportiga yetib kelish mahalliy vaqt bilan soat 10:15 ga belgilangan. Urganchdan joʻnash esa soat 11:00 da rejalashtirilmoqda. Vnukovo aeroportiga yetib kelish Moskva vaqti bilan soat 13:00 ga rejalashtirilgan.