Toshkent Fotosuratlar uyida O'zbekiston xalq rassomi, akademik, professor Akmal Ikromjonov va shogirdlarining an'anaviy “Ustoz va shogird” turkumidagi “Moviyga parvoz — IV”, “Men rassomman” nomli guruhiy ko'rgazmasi ochildi. Ko'rgazmaga taqdim qilingan tasviriy san'atning turli yo'nalishlari va janrlarida ishlangan zamondosh rassomlar ijod namunalarining aksariyati oxirgi ikki yilda ishlangan.
Rassomning dunyoqarashi, o'zligi namoyon bo'lgan ijodiy ishlarda hayot falsafasi, turmush tarzimiz, tarixiy shaharlarimiz me'moriy yodgorliklaridan lavhalar, inson obrazlari, tabiatning go'zal manzaralari, yil fasllari, zamin ne'matlari aks etgan. Ko'rgazma namoyishi davom etmoqda.
Hasan Abdunazarov