Suhbat chogʻida MOXI va TIKA oʻrtasida sheriklik aloqalarini oʻrnatish hamda oʻzaro manfaatli sohalardagi  hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida, martabali mehmonga Institut maqsad vazifalari, faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar va  xorijiy hamkorlar bilan  oʻtkazilayotgan qoʻshma tadbirlar xususida maʼlumot berildi.

Oʻz navbatida J.Tuney ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli, Oʻzbekiston va Turkiya munosabatlarining yuqori bosqichidan mamnunligini bildirdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston rahbarining Markaziy Osiyoda siyosiy vaziyatni tubdan yaxshilash, oʻzaro ishonchni mustahkamlash, yaqin doʻst va yaxshi qoʻshnichilik anʼanalarini shakllantirishdagi mintaqaviy kursini yuqori baholadi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha, Tomonlar mintaqaviy ahamiyatga molik loyiha va dasturlarni amalga oshirish boʻyicha muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.