Moʻynoq aholisiga 5 mln soʻmdan pul tarqatilmoqda

    Ijtimoiy hayot 22 Sentabr 2021 1078

    Orol dengizi qurishidan eng koʻp zarar koʻrgan Moʻynoq aholisiga 5 million soʻmdan pul tarqatilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

    “Orol dengizi fojiasi oqibatlaridan hammadan koʻp jabr koʻrgan Moʻynoq tumani xalqi har tomonlama qoʻllab-quvvatlash prezidentimizning eʼtiborida”, — deyiladi xabarda.

    Bir martalik pul yordami qishloq fuqarolar yigʻinlari kesimida sayyor kassalar orqali, “Xalq banki”ning Moʻynoq tuman filiali tomonidan, shuningdek, uylarga avtomashinalarda borib tarqatilmoqda.