“Moʻynoq mineral tuzi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2071,0 ming dollar mablagʻ asosida tuz ishlab chiqarish zavodini kengaytirish loyihasi amalga oshirilib, yuqori navli ekstra tuzlari ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilgan. Natijada qoʻshimcha 40 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
Ayni paytda tuz mahsulotlari mamlakatimizning barcha hududlariga yetkazib berilayotgan boʻlib, qoʻshimcha eksportga ham chiqarilmoqda. Zavod kengaytirilishi hisobiga yangi quvvatlar ishga tushirilgan.