“Moʻynoqqa madad” Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanida

    “Moʻynoqqa madad” tadbiri ishtirokchilari Qoʻngʻirot tumaniga yetib kelishdi.

    Xabar berilganidek, 2021-yilning 17-aprel Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi va “Toza hudud” DUK hamkorligida tashkil etilgan “Moʻynoqqa madad” tadbiri ishtirokchilari Namangan viloyatidan yoʻlga chiqqan edi. Ushbu ezgu tadbir qatnashchilari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumaniga yetib kelishdi. Tanaffus tariqasidagi toʻxtab oʻtish asnosida tadbir faollari yurtimizni bundan-da obod qilishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar haqida oʻzaro fikr almashishdi. Esdalik uchun fotosuratga tushishdi. Shundan soʻng tadbir ishtirokchilari yana safar sari yoʻl oldilar.

    Eslatib oʻtamiz, Moʻynoq tumani hududini “Moʻynoqqa madad” tadbiridan koʻzlangan asosiy maqsad koʻkalamzorlashtirish uchun moʻljallangan jami 3000 tup – olma, anor, olcha, shaftoli, oʻrik, gilos, olxoʻri, bodom, jiyda koʻchatlarini bus-butun yetkazish va ularni ekish hisoblanadi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    Ekologiya qoʻmitasining matbuot xizmati