Anjumanda yetakchi xalqaro moliya institutlari rahbarlari ham ishtirok etdi.

O'zbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Afg'oniston delegatsiyasiga ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar, Pokiston delegatsiyasiga mamlakat Bosh vazirining maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud rahbarlik qildi.

Ko'p tomonlama muzokaralar yakunida “Mozori-Sharif - Kobul – Peshovar” temir yo'lini qurish bo'yicha qo'shma Harakat rejasi qabul qilinishi kutilmoqda. Hujjat temir yo'l marshrutini aniqlash, geodezik, gidrogeologik va topografik tadqiqotlar amalga oshirish uchun qo'shma xalqaro ekspeditsiya tashkil etishni nazarda tutadi.

Shuningdek, Tomonlar loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, loyihaoldi tadqiqotlarini moliyalashtirish mexanizmlari va temir yo'l qurilishini tezroq boshlash bilan bog'liq masalalar bo'yicha kelishib olishdi.