Qayd etilishicha, ichki audit xizmati tomonidan 2021-yilning 9 oyi davomida tizimdagi tashkilotlarda jami 282 ta nazorat tadbiri oʻtkazilgan.
Shuningdek, davlat xaridi boʻyicha qonunchilik talablariga rioya qilinmasdan amalga oshirilgan xaridlar — 10,5 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Bundan tashqari, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda tovar moddiy boyliklaridan 6,6 mlrd. soʻm kamomad va noqonuniy oʻzlashtirish holatlari aniqlandi. Shundan ishlamaydigan xodimlar nomiga yozilgan ish haqilari — 2,4 mlrd. soʻmni tashkil etadi.
Tizimda 5,5 mlrd. soʻmlik mablagʻ va tovarlarning talon-taroj boʻlishi oldi olindi.
9 oyda toʻplangan jami 265 ta hujjat huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborildi.