Mualliflik huquqini buzgan “Sevimli TV” telekanali jarimaga tortildi

    Ijtimoiy hayot 3 Iyul 2025 711

    Qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon toʻlashini talab qilishi mumkin.

    Qayd etilishicha, Adliya vazirligi tomonidan muallif R.Xudoyberdiyevga tegishli musiqiy asarlar “Sevimli TV” telekanali tomonidan bir nechta telenovellalarda ruxsatisiz hamda tegishli shartnoma tuzmagan holda foydalanilganligi hamda “Splay” va “You tube” platformalari orqali barchaning eʼtiboriga yetkazilganligi aniqlandi.

    Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

    Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudining qaroriga koʻra, huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.