Tekshiruv natijasida maʼlum boʻlishicha, asar “TALENT SHOW” MCHJ tomonidan huquq egasi yoki vakolatli shaxs ruxsatisiz YouTubeʼdagi “The voice of Uzbekistan” kanalidan joy olgan.
Holat tekshiruv tugagunga qadar bartaraf etilgani sababli, huquqbuzar kelgusida qonunchilik talablariga rioya qilish boʻyicha ogohlantirildi.
Vazirlik asarlardan foydalanuvchi barcha tashkilot va shaxslarni, jumladan teleradiokanallarni mualliflik va turdosh huquqlarga qatʼiy rioya qilishga chaqirdi.
Maʼlumot uchun, qonunchilikka koʻra, muallif yoki huquq egasi huquqbuzardan zarar oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon toʻlashni talab qilishga haqli.








