Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, mualliflik huquqi muallifning vafotidan keyin 70 yil davomida amal qilishi belgilandi (ilgari ushbu muddat 50 yil edi).
Qonunga koʻra, tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilganidan soʻng Intellektual mulk agentligi talabnoma haqidagi maʼlumotlarni veb-saytiga 1 ish kunida joylashtiradi.
Ushbu eʼlon asosida manfaatdor shaxslar Agentlikka talabnoma nohalol topshirilgan ariza haqida eʼtiroz bildirishi mumkin.
▫️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.