Ushbu tashkilot Shumanay tumanida istiqomat qilayotgan hunarmand Altinay Naubetovaga  50 000 AQSH dollar miqdorida  grant loyihasi ajratgan, loyiha asosida Qoraqalpoq milliy kiyimlarini, kigiz va gilamchilikni rivojlantirish maqsadida jun mahsulotlarini qayta ishlash dastgohlari harid qilingan.

Hunarmand  loyiha doirasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotilishida muammoga duch kelganligi haqida murojaat qilgan.

Uyushma masʼul xodimi M. Mirhokimov tuman hokimi oʻrinbosari  bilan muammoni yechimi borasida uchrashdi.  Hunarmandga kerakli tavsiya va maslahatlar berildi, deb xabar bermoqda Respublika “Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati.