Jumladan, joriy yil 14-fevral kuni Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi masʼul xodimi Bobur Moʻminov va mutasaddi tashkilotlar xodimlaridan iborat Ishchi guruhi aʼzolari tomonidan uyma-uy yurish orqali 45dan ortiq xonadon muammosi oʻrganilib, aksariyati joyida ijobiy hal etildi.
– 30 ta xonadonning devorlari oqlanib, 1,8 gektar ekin maydoni shudgor qilindi;
– 300 ta mevali va manzarali daraxtlar oqlanib, 2000 tup tut koʻchati oʻtqazildi;
– 178 nafar fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularga shifokorlarning zarur tavsiyalari berildi;
– 10 nafar xotin-qizga imtiyozli kredit asosida tikuv mashinalari topshirildi.
Bundan tashqari,
– 1 ta asosiy koʻchaga 6 ta yuk mashinada shagʻal yotqizilib, taʼmirlash ishlari olib borildi;
– 12 ta eskirgan simyogʻoch oʻrniga yangi beton ustunlari oʻrnatildi;
Ayni kunda tumandagi yana 5 ta mahallada obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.