Yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shartligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda realizatsiya qilish hamda sotish uchun qabul qilganlik:

fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 10 baravarigacha (900 ming soʻmdan 3 mln soʻmgacha); mansabdor shaxslarga 7 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln 100 ming soʻmdan 3 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi Bunda huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinadi, deb yozmoqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali.