O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110- va 128-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 66-moddasiga asosan:

1. 2023-yil 9-iyul kuniga muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tayinlansin.

2. Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga yuborilsin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev