Oliy sud matbuot xizmati Toshkent shahridagi maktabgacha taʼlim muassasalaridan birida yuz bergan holat bilan bogʻliq jinoyat ishi yuzasidan maʼlumot berdi.
Taʼkidlanishicha, 2024-yil 23-yanvar kuni jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudida voyaga yetmagan X. Sh.ga (2008-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining sudyasi J. Kurbanov raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʻrib chiqildi.
Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq X.Sh. Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 85-moddasi (ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “v” bandiga asosan 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni tarbiya koloniyalarda oʻtash belgilandi.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilinadi.