Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniyva yuridik shaxslarning murojaatlari togʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Mudofaa vazirligi vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor ravishda qabul qilish maqsadida Call-markaz faoliyat yurita boshladi.
Call-markazga 1530 qisqa raqami orqali qoʻngʻiroq qilish mumkin.
Call-markazda murojaat qilish orqali:
- fuqarolar muddatli va safarbarlik chaqiruvlari bilan bogʻliq barcha savollarga javob oladilar.
- ijtimoiy himoya va sogʻliqni saqlash, tibbiyot sohasidagi savollar boʻyicha ham aniq maʼlumotlarga ega boʻlishlari mumkin.
- shuningdek, kadrlar masalasi va mudofaa sohasida taqdim etilgan xizmatlar boʻyicha qabul qilingan murojaatlarga javob olishadi.
Call-markaz orqali murojaat qilgan shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari, murojaat mazmuni va barcha tafsilotlar maxfiy saqlanadi. Barcha murojaatlar qonuniy tartibda koʻrib chiqiladi va korrupsiya yoki boshqa nojoʻya holatlar yuzasidan bildirilgan xabarlar asosida tegishli chora-tadbirlar koʻriladi.
Mudofaa vazirligi Call-markazi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga va yuridik shaxslarga oʻz huquqlari va masʼuliyatlari boʻyicha qulay va tezkor xizmat koʻrsatish uchun tashkil etildi. Bu orqali fuqarolar davlat organlari va mudofaa tizimidagi barcha masalalar boʻyicha tezkor javob olishlari mumkin.








