Muftiy hazratlari musofirlikda yurgan hamyurtlarimizning saʼy-harakatlariga Haq taoloning Oʻzi madadkor boʻlishi, ota-ona, ahli oila nafaqasi yoʻlidagi mehnatlari ayni savobli amal ekani va oʻzga yurtda doimo ogoh boʻlib yashash zarurligini alohida taʼkidladilar.
Shuningdek, haqiqiy moʻmin kishi ona-Vataniga muhabbatli boʻlishi va uni sogʻinib yashashi toʻgʻrisida Islom manbalarida kelgan maʼlumotlarni yetkazdilar.
Oʻz navbatida, Janubiy Koreyada boʻlgan vatandoshlarimiz ushbu uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, fayzli suhbat Vatanni sogʻingan qalblarga taskin boʻlgani, ayniqsa, kelgusida ilm oʻrganib, tajriba hosil qilgach, albatta, yurtga qaytib, jonajon Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlida xizmat qilishlarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida muftiy hazratlari Haq taolodan butun dunyo tinchligi, xalqlar farovonligi, vatandoshlarimizning kasb-hunar va ilm egallash yoʻlidagi intilishlariga qut-baraka soʻrab duo qildilar.