Filmda ikki ijodkor Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya va jamoat arbobi, taniqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbati, hayot yoʻllari, ijodi, ayriliq, vafo, sadoqat tuygʻulari hikoya qilinadi.
Ssenariysi mualliflari Zulfiya Qurolboy qizi va Mikoyil Sulaymonov, postanovkachi rejissyor Ibrohim Rasulov, operator Talʼat Mansurov.
Maʼlumot uchun, “Muhabbat bahori” filmining 14-may kuni Qashqadaryo viloyatida boʻlib oʻtgan “Madaniyat va maʼrifat karvoni” tadbirlari doirasida maxsus namoyishi boʻlib oʻtgan edi.
— Ushbu filmni suratga olayotganimda uni birinchi navbatda maktab oʻquvchilari koʻrishi lozimligini bilardim va bundan juda xursandman. Bu men uchun rejissyor sifatida katta sovgʻa boʻldi, – dedi film rejissyori Ibrohim Rasulov.