Hozirda film ijodkorlari Jizzax viloyatining Baxmal tumanida tasvirga olish ishlarining navbatdagi qismini amalga oshirmoqda. Bu yerda ommaviy sahnani suratga olish uchun minglab aholi jalb qilingan. Filmning yana-da jozibador chiqishi uchun Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan baxshilar hamda Fargʻonadan darbozlar ham taklif qilingan.

Filmning suratga olish ishlari joriy yilning noyabr oyida tugallanishi rejalashtirilgan boʻlib, shoir Hamid Olimjon tavalludining 111-yilligi munosabati bilan dekabr oyida premyera boʻlishi kutilmoqda.