Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Chust tumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi bosh muhandisi O.S. fuqaro A.N.ning xonadoniga gaz hisoblagich oʻrnatib berishi va hisoblagichsiz tabiiy gazdan foydalanganligi uchun jami 3,7 mln soʻmini qoʻlga kiritganligi aniqlanib, O.S. tomonidan ushbu pullarni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.