Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi zalida jamgʻarma raisi, akademik O.Salimovning “Yangi Oʻzbekiston davlati” kitobi va “Yangi Oʻzbekiston” plakatlar toʻplami taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimot Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tayyorlangan “Yangi Oʻzbekiston” musiqiy video klipi namoyishi bilan tantanali ravishda boshlandi.
Taqdimotda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda uning hududlardagi boʻlimlari xodimlari, taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar, oliy taʼlim muassasalarining rektor, prorektor va kafedra mudirlari, yosh olimlar va doktorantlar ishtirok etishdi.
Taqdimotni Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi raisi, akademik O.U.Salimov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari M.M.Hojimatov “Yangi Oʻzbekiston davlati” kitobi va “Yangi Oʻzbekiston” plakatlar toʻplami boʻyicha maʼruza qildi.
Taqdimotda Oliy Majlisi raisi oʻrinbosari, yuridik fanlari doktori, akademik A.X.Saidov, Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri S.Sayyid, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻja, Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori A.Qirgʻizboyev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi rahbari T.Atamuratov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi rahbari L.Saodatova, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori, OʻzFA Oʻzbek tili va folklor instituti tayanch doktoranti S.K.Barliboyevalar soʻzga chiqishdi hamda “Yangi Oʻzbekiston davlati” kitobi va “Yangi Oʻzbekiston” plakatlar toʻplami boʻyicha oʻz fikr va mulohazalarini bildirib oʻtishdi.
Barcha yigʻilish ishtirokchilariga “Yangi Oʻzbekiston davlati” kitobi taqdim etildi.