Almada shahrida dzyudo boʻyicha Gran-pri musobaqasining 1-kuni yakuniga yetdi. Unda qatnashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi kunni 1 ta oltin medal bilan tugatdi.
-66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muhriddin Tilolov kun qahramoniga aylandi. Qashqadaryolik polvon bugun yoʻliga roʻbaroʻ boʻlgan barchani, hatto finalda ikki karra Olimpiada sovrindori koreyalik An Baulni dogʻda qoldirdi.
Afsuski, -57 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahsda britaniyalik Nekoda Smit-Devis hamyurtimiz Nilufar Ermaganbetovadan ustun keldi.