Muhriddin Tilovov Astana “Katta dubulgʻa“ turnirida bronza medaliga sazovor boʻldi

    Sport 11 May 2025 724

    Dzyudo boʻyicha Astana shahrida start olgan “Katta dubulgʻa“ turnirining ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

    Qayd etilishicha, mazkur medalga -66 kg vazn toifasida kurashgan Muhriddin Tilovov mualliflik qildi.

    Chorak finalda neytral maqomda kurashgan Ramazon Abdullayevga imkoniyatni boy bergan Tilovov oʻtish bosqichida mezbon Baurjan Narbayevdan, uchinchi oʻrin uchun bahsda esa xitoylik Ziyang Syuyedan ustun keldi.